Asosiy mazmunga oʻtish
Gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunlashdi

Gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

Oltin medal:

Taxmina Ikromova (xalqa)

Kumush medal:

Anastasiya Saranseva (xalqa)
Anastasiya Saranseva (bulava)
Taxmina Ikromova (to‘p)
Taxmina Ikromova (tasma)

Bronza medal:

Guruh mashqi (3 to‘p va 2 xalqa)
Anastasiya Saranseva (to‘p)
Taxmina Ikromova (bulava)

Shu tariqa, jamoamiz mazkur turnirda 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q