
Gomesh: Bunday natijani qabul qilish oson emas
"Everton"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomesh "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berib o‘tdi.
"Shubhasiz, natijadan ko‘nglimiz to‘lmadi. Biroq biz yaxshi o‘yin namoyish etdik va ko‘prog‘iga loyiq edik.
Bunday natijani qabul qilish oson emas, ammo endi navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashimiz kerak", - deydi Gomesh.
Eslatib o‘tamiz, Gomesh "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng ilk marotaba kecha maydonga tushdi.
Fikrlar