
Grigor Dimitrov "US Open"da Rojer Federerni taslim qildi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Amerika ochiq chempionatining chorak finalida bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu uchrashuvda Rojer raqibiga kutilmaganda, 6:3, 4:6, 6:3, 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa turnirning yarim finaliga chiqqan Dimitrov, endi final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar