Grilish yangi klubni tanladi
O‘zgarish qilish kerak
«Manchester Siti» hujumchi yarimhimoyachisi Jek Grilish kelgusi mavsumni qaerda davom ettirmoqchi ekani ma'lum bo‘ldi. Hozircha 31 yoshli angliyalik futbolchi «Everton» tarkibida ijara asosida to‘p surmoqda.
Football Insider nashrining yozishicha, Grilish yozgi transfer oynasida «Everton»ga to‘liq huquq bilan o‘tishni istamoqda. Bu borada «Aston Villa» ham futbolchiga qiziqish bildirganiga qaramay, u aynan Liverpul klubida qolishni ma'qul ko‘rmoqda. Shu mavsumda u o‘z o‘yini orqali «irislar» rahbariyati va murabbiylar shtabiga kerakli futbolchi ekanini isbotlashni rejalashtirgan.
Manbaga ko‘ra, «Everton» rahbariyati ham Grilishni saqlab qolish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq buning uchun u mavsum davomida jamoa rahbariyati va murabbiylarini o‘z o‘yini bilan ishontirishi kerak bo‘ladi.
Premyer-liganing joriy mavsumida Grilish «Everton» safida ikki o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.
Shuningdek, kelasi yozda futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. Shu bois u erkin agent sifatida istalgan klubga tekin asosda o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Grilish nega «Manchester Siti»dan ketganini tushuntirdi

Izohlar (0)