Gulnoza Mainiyozova Portugaliya Gran-Prisi kumush medal sohibasi!
-70 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etgan dzyudochimiz Gulnoza Matniyozova final bahsida xorvatiyalik sportchi Barbara Matich bilan kurash olib bordi va ushbu uchrashuvda hamyurtimizga biroz omad etishmadi.
Sportchimiz Portugaliya Gran-prisining kumush medalini qo‘lga kiritdi. Gulnoza bunga qadar Lxagvadulam Saransetseg (Mo‘g‘uliston), Elena Deng (Avstriya), Alina Lengveiler (Shvetsariya), Lussi Jarrot (Fransiyalik), Aoife Kouchlan (Avstraliya) kabi raqiblarini dogda qoldirgan edi. Takidlash kerak, ushbu medal bilan birga Matniyozova jahon va Olimpiada reytingi uchun 490 ochkoni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, terma jamoamizning yana ikki nafar a’zosi Obidxon No‘monov (-73 kg) va Nurbek Murtazoev (-81 kg) turnirni kuchli beshlikda yakunlashdi. Ushbu natija bilan ular jahon va Olimpiada reytingi uchun 252 ochkoga ham ega bo‘lishdi!
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!
Fikrlar