Gvardiol yangi mavsumni qaerda boshlashi hal bo‘ldi
Yoshko Gvardiol «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031 yil yozigacha uzaytirdi.
Xorvatiya milliy terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol o‘ziga bir necha klublar, xususan, "Real"dan chorlov bo‘lganiга qaramay, Angliya premer-ligasida qolishga qaror qildi.
23 yoshli futbolchi "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqida sport jurnalisti va insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, yangi shartnoma muddati 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Klub rahbariyati Gvardiolni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rayotgani ta’kidlanadi.
Gvardiol "shaharliklar" safida 2023 yil yozidan buyon to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida u Angliya klubi tarkibida 122 ta o‘yinda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalash bilan birga raqiblar darvozasiga 13 ta gol urdi va jamoadoshlariga 10 ta golli pas berdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevro deb baholangan.

Izohlar (0)