Gvardiola “Barsa”dan Xavini haydamay turishni so‘radi

  • 16 yanvar, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ispaniya Superkubogidagi mag‘lubiyatdan keyin “Barselona”ga qanday maslahat berishini so‘rashdi.

- Maslahatim qanday bo‘ladi? Xotirjamlikni saqlang. Bu final boy berildi. Lekin kelasi hafta boshqa musobaqalar, yangi o‘yinlar bor. Hozir o‘z xodimlaringizni asrang va mavsum oxirida nima qilish kerak bo‘lsa, shunga qo‘l urasizlar.

O‘zim tomonidan Xavi va uning shogirdlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman. Ular sari qadam tashlash kerak. Ular saviya borligini, sifatli jamoa bo‘la olishganini namoyish qilishdi va bir soatda hammasi teskari tomonga o‘zgarmasligi kerak.

Zamonaviy futbol tezkor qarorlarni talab qiladi. Finalni yutqazdingmi? Juda yaxshi, raqibni tabrikla va o‘zing endi nima qilish kerakligini o‘ylab,  faqat oldinga bos, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
16/01/2024 20:23
Uzing qutqar Barsani.
Butun dunyo seni kutyapti
&
+998934037982
16/01/2024 20:22
Barsaga kel.kutamiz