Gvardiola: Bu juda yomon xabar!

  • 25 may, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Barselona” rahbariyati Xavi Ernandesni iste’foga chiqargani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

- Bu juda yomon xabar, bunaqa qarorlar jamoada nimadir ishlashdan to‘xtasa chiqariladi. Men iste’fo sabablarini, bu nimadan kelib chiqqanini bilmayman va shuning uchun ham vaziyat bo‘yicha fikrimni aytolmayman.

Barselonaga borganimda ayrim odamlar bilan gaplashib ko‘raman va aniq sabablarni bilib olaman, hozir esa, men uchun hammasi qorong‘u, - dedi Xosep Gvardiola.

“Barselona” uchun mavsum muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Kataloniyaliklar mamlakat chempionligi uchun kurashda “Real”ga raqobat ko‘rsata olmadi, Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini chorak finalda to‘xtatdi. Ispaniya kubogida yarim finalga chiqa olmadi. Ispaniya Superkubogi uchun o‘yinda “Real”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!