Gvardiola bugungi bahsda kimlarni maydonga tashlaydi?

  • 17.12.2025 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun "Manchester Siti" Angliya Liga kubogi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuvdan avval bir necha mashhur nashrlar bo‘lajak o‘yin oldidan "shaharliklar"ning boshlang‘ich tarkibini taxmin qildi. 
 
Sports.uz sayti esa ayrim nashrlarning versiyasini taqdim etadi. 
 
"Sports Mole" nashrining taxminiga ko‘ra, Xosep Gvardiola bugungi tarkibning yarmini rotatsiya qiladi. Bunga asosiy sabab o‘yinning muhimligi deb ta’kidlanmoqda. 
 
Trafford, Lyuis, Husanov, Ake, O‘Rayli, Reynders, Silva, Bobb, Sherki, Savino, Xoland. 
 
"Soccer365"
 sayti ham tarkibning deyarli yarimi bugun asosiy tarkibdan joy olishini taxmin qilmoqda. Shunday bo‘lsa ham hamyurtimiz Abduqodir Husanov bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. 
 
Trafford, Lyuis, Husanov, Ake, Ait-Nuri, Reynders, Silva, Bobb, Sherki, Savino, Foden. 
 
"Football365" nashri ham o‘z versiyasini taqdim etgan holda, vakilimizni bugun boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishini bashorat qilmoqda. 
 
Trafford, O‘rayli, Ake, Husanov, Lyuis, Gonsalez, Mukasa, Bobb, Sherki, Savinio, Xoland. 

Abdukodir Khusanov of Manchester City portrait on the bench before the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD4 match between Manchester City...
 
"Cricgram" nashrining taxminiga ko‘ra, bugungi uchrashuv uchun manchesterliklarning asosiy tarkibi shunday bo‘ladi: 
 
Trafford, Lyuis, Husanov, Ake, O‘Rayli, Reynders, Silva, Bobb, Sherki, Savinio, Xoland. 
 
Shunday qilib bugungi bahs oldidan ko‘plab mashhur nashrlar Abduqodir Husanovni bugun asosiy tarkibda tushishini taxmin qilmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Brentford" klublari ishtirokidagi to‘qnashuv soat 00:30’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!