Gvardiola jamoasiga "Barselona" futbolchisi kelishi mumkin
Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Barselona” hujumchisi Ansu Fatining transferiga qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida ispaniyalik futbolchining yaqinlari uning “ko‘k-anor ranglilar” safida kam o‘yin o‘tkazayotganidan noroziligini bildirishmoqda.
Aytish kerakki, "Elche"ga (4:0) qarshi o‘yinda Fati o‘yinning ilk daqiqalaridanoq maydonga tushirildi va ikkinchi bo‘limida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin uning kelasi mavsum jamoada qolish yoki qolmasligi ko‘p jihatdan "Barselona" rahbariyatiga bog‘liq.
Football Insider xabariga ko‘ra, ayni paytda "Manchester Siti" Fatining transferi bo‘yicha “Barselona” bilan muzokaralar olib borishga tayyor, ammo tafsilotlar hozircha e’lon qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Fati 2019 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Ispaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar