
Gvardiola Laportaga maslaxat berdi
Kelasi mavsum uchun "Barselona" o‘ziga yangi bosh murabbiy izlayotganidan xabaringiz bor. "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Joan Laporta bilan bog‘lanib, bu borada o‘z maslaxatini berdi.
"Catalunya Radio" nashri xabar berishicha, Gvardiola rahbariyatga "Brayton" murabbiyi Roberto de Zerbi bilan shartnoma imzolash kerakligini aytgan.
"Barselona" bir qator mutaxassislarni kuzatib bormoqda. Klubning eng asosiy maqsadi esa Xan-Diter Flikni olib kelishdir.
Fikrlar