Gvardiola o‘rniga – Xabi Alonso!
Zoʻr variant
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan Xabi Alonso yaqin kelajakda “Manchester Siti”ni boshqarishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar”ning hozirgi murabbiyi Xosep Gvardiolaning oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan mutaxassislar roʻyxatiga kiritildi.
Bu haqida Footballtransfer xabar bermoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, Gvardiolaning kelajagi hozircha noaniq boʻlib turibdi. Uning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Shunga qaramay, soʻnggi paytlarda ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum oxirida klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar kuchaygan.
Oʻz navbatida, “Real” rahbariyati Alonso bilan hamkorlikni toʻxtatganidan keyin ispaniyalik mutaxassis oʻziga boʻladigan takliflarning har birini puxta oʻrganib chiqishi aniq.
Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Alonso esa “Real”ni oʻtgan yoz qabul qilib oldi, biroq jamoada “Qirollik klubi” kutgan ijobiy oʻzgarishlarni yasay olgani yoʻq.
Izohlar (0)