Gvardiola oʻyindan keyin ikki himoyachining jarohat olganini tasdiqladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yoshko Gvardiolning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, u "Chelsi"ga qarshi o‘yinining ikkinchi bo‘limida Ruben Diash ham jarohat olganini tasdiqladi.
- Ertaga ko‘ramiz. Gvardiolning ham, Rubenning ham holati yaxshi ko‘rinmayapti. Nima bo‘lganini aniqlaymiz.
- Diash ham jarohat oldimi?
- Ha, shunday ko‘rinadi.
- To‘qnashuv yoki mushak bilan bog‘liqmi?
- Ha, shunday. Men hali shifokor bilan gaplashmadim, lekin agar Ruben maydondan chiqqan bo‘lsa, demak, u nimanidir his qilgan, — dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiol 50-daqiqada zahiraga olindi. Uning o‘rniga hamyurtimiz Abduqodir Husanov maydonga tushirildi. 81-daqiqada esa Natan Ake jarohat olgan Ruben Diashning o‘rnini to‘ldirdi.

Fikrlar