
Gvardiola: "Real"dan qasos olish uchun kelganimiz yo‘q"
Bugun tungi soat 00:00 da "Real"ning chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yini boshlanadi. Mazkur bahs oldidan "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘tgan mavsum finalga chiqishga harakat qildik. Ikkala uchrashuvda ham yaxshi o‘ynadik. Lekin bu etarli bo‘lmadi.
Biroq bu voqealar allaqachon o‘tmishda qolib ketdi. Biz qasos olish uchun kelganimiz yo‘q. Bu shunchaki yana bir imkon, xolos.
"Real" kabi chempionlar ligasida nima qilishni juda yaxshi biladigan raqiblarga qarshi o‘ynash foydali. Bu bahslar bizni maqsadlarimiz sari tobora yaqinlashtirib boradi", - dedi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar