Gvardiola shogirdini "Barsa"ga bermadi

  • 18 iyul, 2022, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor futbolchi Bernardu Silva xizmatlaridan kelasi yili ham foydalanadigan bo‘ldi.

Portugaliyalik futbolchiga “Barselona” xaridor bo‘lgandi. Silvaning o‘zi ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tish istagini bildirgan.

“Siti” o‘z yulduzini saqlab qolish maqsadida uning transferini “Barselona”ning kuch etmaydigan summa – 100 million evro qilib belgiladi.

“Barselona” yozgi transferlar vaqtda Rafinya Dias, Andreas Kristensen, Fran Kessi va Robert Levandovskini qo‘lga kiritdi. Bernardu Silva bosh murabbiy Xavi kutgan asosiy transferlardan biri edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!