
Gvardiola terma jamoani boshqaradi
2016 yildan beri “Manchester Siti”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
53 yoshli ispaniyalik mutaxassis xalqaro miqyosda faoliyat olib borish uchun terma jamoalardan birini boshqarishni mo‘ljallayapti.
- Men jahon chempionatlari, Evropa va Amerika kuboklarida ishtirok etishni istayman. Har doim shu haqida o‘ylab yuraman. Lekin bu ko‘p omillarga bog‘liq masala. Agar bu maqsadim amalga oshsa, yaxshi. Agar o‘xshamasa, bu ham yaxshilikka, - dedi Xosep Gvardiola.
Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2027 yilning yarmigacha uzaytirgan. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrini o‘tkazmoqda.
“Manchester Siti” Gvardiola boshqaruvida olti marotaba Angliya chempioni, Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar