
Gvardiola yana "Bavariya"ga qaytadimi?
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi yoz yana "Bavariya"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandining ispaniyalik mutaxassis bilan iliq aloqalari saqlanib qolgan. Agar Pep jamoasini o‘zgartirishni istasa “Bavariya” uni o‘z safiga taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Gvardiola 2013-2016 yillarda myunxenliklarga boshchilik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” o‘tgan hafta Niko Kovachni iste’foga chiqargan edi. Uning o‘rniga Gvardioladan tashqari Tomas Tuxel (PSJ) a Erik ten Xag ("Ayaks") kabi mutaxassislar nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
Fikrlar