Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Gvardiolaga turk klubidan ish chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta loyiha boshlanyapti

Kutilmagan burilish: «Trabzonspor» katta loyiha rejalashtirmoqda. Turkiyaning mashhur klubi «Trabzonspor» yaqin yillar uchun katta maqsadlar qo‘ygani va shu yo‘lda nomdor murabbiyni jamoaga olib kelishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqida Indykaila News nashri ma’lum berdi.

Manbaga ko‘ra, klub hozirda «Liverpul» sobiq yulduzi Stiven Jerrard bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, rahbariyat yanada katta qadam qo‘yish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda — jamoa varianti sifatida Xosep Gvardiola nomzodini ham o‘rganayotgani aytilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, «Trabzonspor» ispaniyalik mutaxassisga juda manfaatli shartnoma taklif qilishga tayyor. 

Biroq Gvardiola uchun asosiy omil maosh emasligi ta’kidlanadi. Turk klubi uni o‘z sport loyihasiga ishontirishi, rejalarining jiddiyligi va istiqbolini namoyish qilishiga to‘g‘ri keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q