Gyottsega London klubidan taklif bo‘lmoqda
Germaniyalik hujumkor yarim himoyachi Mario Gyottse faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, erkin agent hisoblangan 28 yoshli futbolchiga “Vest Xem”dan takliflar bo‘lmoqda. “Bolg‘achilar” Mario uchun kurashda “Monako” va “Fiorentina” klublari bilan raqobatlashishlariga to‘g‘ri keladi.
Gyottse o‘tgan mavsum “Borussiya” Dortmund safida Bundesligada jami 15 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 3 ta gol urdi.



Fikrlar