Gyundogan kelajagi borasida qaror qildi
"Manchester Siti"da to‘p surayotgan germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning kelajagi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. "The Times"ning malum qilishicha, yarim himoyachi "Barselona"ga o‘tishdan voz kechib, "shaharliklar" lagerida qolishga qaror qilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Ilkay Manchester klubi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Yangi mehnat shartnomasining muddati bir necha mavsum uchun hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Gyundogan joriy mavsumda APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar