Gyundoganning agenti “Barselona” vakillari bilan uchrashdi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning agenti "Barselona" bilan yana uchrashib, mijozining "Kamp Nou"ga o‘tishini muhokama qildi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, tomonlar uchrashuvni ijobiy kayfiyatda tark etgan.

Manbaning aytishicha, Gyundoganning agenti Xordi Alba va Serxio Busketsning jamoadan ketganidan mamnun bo‘lgan. Nemis vakili bu voqealar Kataloniya klubining maoshini sezilarli darajada tushirishini tushunadi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Gyundoganga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Shu bilan birga, uning amaldagi jamoasi "Manchester Siti" Ilkayga atigi bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!