Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Hаri Kеin Angliya tеrmа jаmoаsidа qаchongаchа oʻynаshini аytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning oʻyinlari soni rekord darajaga yetdi

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Angliya terma jamoasidagi kelajak rejalari haqida gapirdi.

Seshanba kuni 33 yoshli forvard «uch sher» safida 125-o‘yinini o‘tkazdi. Shu tariqa u Piter Shiltonga tegishli rekord ko‘rsatkichni takrorladi.

«Rostini aytsam, terma jamoa uchun buncha o‘yin o‘tkazishni hatto tasavvur ham qilmaganman. Umid qilamanki, oldinda yana ko‘p uchrashuvlar bor. Vaqt o‘z so‘zini aytadi. Hali ham o‘zimni rivojlantira olishimga ishonaman. 

O‘tgan mavsum karyeramdagi eng yaxshisi bo‘ldi, hozir ham juda yaxshi sport formasidaman. Shuning uchun to‘xtash niyatim yo‘q. Shunchaki o‘ynashda davom etaman – oxirida bu nimaga olib kelishini ko‘ramiz. Balki yana o‘n yillar o‘tib, qaysi chegaragacha eta olishimni bilib olamiz», – dedi Keyn ITV telekanaliga bergan intervyusida.

Angliya terma jamoasi sardori Chexiyaga qarshi o‘yinda (3:0) dubl qayd etdi. Endi uning milliy jamoa tarkibidagi gollari soni 91 taga yetdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q