Habib Nurmagomedov to‘rt nafar rossiyalik jangchini kelasi yili UFC chempioni bo‘lishiga ishonmoqda
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov kelasi yil UFC promoushenida chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan rossiyalik jangchilarni sanab o‘tdi.
“Men to‘rtta jangchini sanab o‘tishim mumkin. Askar Askarov 57 kg vaznda, bizda allaqachon 61 kgda chempion bor. Bu Pyotr Yan, 66 kg vazn toifasida Zabit Magomedsharipov, yil oxiriga qadar 70 kgda Islom Maxachev va 77 kg vaznda Xamzat Chimaevni ham ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim",-dedi Nurmagomedov.
Bu to‘rtta jangchi bunga loyiqdir va ular kelasi yil oxiriga qadar UFCda chempioni bo‘lishga qodir ", - dedi Nurmagomedov.

Fikrlar