Hakamlar “Manchester Siti”ga qarshi qaror chiqarishiga ko‘nikib qoldik
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva “Nottingem Forest”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda hakamlar ishiga munosabat bildirdi.
Bir vaziyatda Erling Holand raqib o‘ziga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo‘pol o‘ynagani uchun penalti talab qildi, ammo hakam barchasi qoidalar doirasida bo‘lgan, deb qaror chiqardi.
- Biz bunga o‘rganib qolganmiz. Bahsli vaziyatlarda qarorlar doim bizning foydamizga emas, bizga qarshi qabul qilinadi va bu haqiqat.
Menimcha, Holand bilan bo‘lgan epizodda penalti bor edi, ammo boshqalarning fikri boshqacha bo‘lishi mumkin.
Aytdigimdek, biz bunga o‘rganganmiz. Bu tizim qanday ishlashini bilamiz. Bizning vazifamiz — yanada yaxshiroq o‘ynash, chunki bunday narsalarni nazorat qila olmaymiz, - dedi Bernardu Silva jurnalistlar bilan suhbatda.
Fikrlar