Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Hakamlarimiz xalqaro maydonda

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Referilarimiz nufuzli turnirlarga taklif etilmoqda.

Joriy yilgi futbol mavsumida ham o‘zbekistonlik referilar xalqaro turnirlar va uchrashuvlarda faoliyat yuritishmoqda.

Asker Najafaliev 2025 yilgi U-20 Osiyo Kubogining Iordaniya – Iroq, Tailand – Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni – Koreya Respublikasi (yarim final) uchrashuvlarida bosh hakam, Avstraliya – Saudiya Arabistoni (final) uchrashuvida esa VAR hakami assistenti sifatida faoliyat yuritdi. Ruslan Serazetdinov esa yordamchi hakam vazifasini bajardi.

Shuningdek, Asker Najafaliev Osiyo Chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasida “Chongbuk Motors” – “Sidney” jamoalari uchrashuvini boshqarib bordi. Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazetdinov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov VAR, Abdurashid Xudayberganov esa AVAR hakami sifatida ishladi.

Osiyo Elit Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi “Al-Nassr” – “Istiqlol” uchrashuvi O‘zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi referisi – Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam bergan bo‘lsa, Firdavs Norsafarov VAR, Ahrol Risqullaev AVAR hakami vazifasida ish olib bordi.

Ertaga, 12 mart kuni Valentin Kovalenko Osiyo Chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasidagi “Sharja” – “Shabab Al-Ahli” uchrashuvida hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q