Hakim Fuzaylov "Qizilqum"ga uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 12 mart, 2023, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-turi doirasida safarda “Qizilqum”ga minimal hisobda yutqazgan “Buxoro” klubi ustozi Hakim Fuzaylov jamoasi mag‘lub bo‘lganiga qaramay o‘yinda ustunlik qilganini aytdi.

Tecno

Ketma-ket ikki uchrashuvda mehmonda o‘ynadik va bu jamoamizga biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Mag‘lub bo‘lganimizga qaramay jamoam bugun o‘yinda ustunlik qildi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo himoyada xatolar bor va ular ustida ishlaymiz. Chempionat endi start oldi. Vaqt bor va ularni bartaraf etamiz”, - deydi buxorliklar ustozi.

“Birinchi bo‘limda ustunlik qilganimizga qaramay, ko‘p to‘p yo‘qotdik. Ikkinchi bo‘limda esa, ustunlik to‘liq bizning nazoratimizda bo‘ldi va “Qizilqum” faqat qarshi hujumda o‘ynadi”, - dedi murabbiy.

 

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!