Hamidjon Aktamov yo‘lda "Qizilqum" avtobusi buzilganda "Surxon" yordam bermay ketgani uchun mag‘lubiyatga uchrashganini aytdi

  • 29 avgust, 2019, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

«Surxon» - «Qizilqum» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Men bugungi o‘yin haqida fikr bildirishdan oldin, Termizga kelishimizdagi qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tmoqchi edim. Biz G‘uzorga yaqinlashganimizda yo‘lda avtobusimiz buzilib qoldi. Ancha vaqt yo‘lda ushlanib qoldik. Shu vaqtda «Surxon» jamoasi avtobusi yonimizdan o‘tib ketdi. O‘ylashimcha, «Surxon» bizga yordam ko‘rsatishi kerak edi. Termizda mehmonxona topishda ham muammolarga duch keldik. Deyarli, barcha mehmonxonalar band. Mana shu sabablar o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylayman. Futbol bu - do‘stlik.

O‘yin haqida to‘htaladigan bo‘lsam, 70 daqiqa yaxshi harakat qildik. Qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. «Surxon» o‘ziga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hakamlarga e’tirozim yo‘q. Ular o‘yinni yaxshi boshqarishdi. Surxondaryo xalqini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Aktamov.

P.S. Termizda «halqaro forum» va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayram tadbirlari bo‘lganligi sabab, barcha mehmonxonalarda joy bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
03/09/2019 15:15
Навойликлар хафа булманглар сурхон яхши иш килмабди
Сурхон Футбол клуби
29/08/2019 15:27
Сизни автобусингиз бузулганини бошка йуловчи каердан билсин? Тухтаб дам оляпти айланяпти деб уйлаган булиши мумкунку.
&
Фан
29/08/2019 18:12
Сурхон клуби автобуси тухтаб бегараз ёрдам курсатишганда ва шахар мехмонхоналарида хеч кандай муаммо булмаганда хам, бу дегани Кизилкум жамоаси голиб чикарди дегани эмас.
Лекин бари-бир яхши иш булмабди, мехмон отангдан улуг)))- деган гаплар бор халкимизда. Хурмат килсанг Хурмат топасан.Мехмондустлигимиз каерда колди.
Бу учрашувни утказилиш санаси эрта бахордаёк ма'лум эди-ку.
Демак бу Сурхон жамоаси мамуриятида ишлар улда-жулдалигидан далолат.
Shaxboz Bekmurodov
29/08/2019 16:58
o‘zim Nasaf mo‘hlisi bo‘lsamda Surxonni o‘yinini maqtayman juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayabti yuqoridagi muhlis to‘g‘ri aytibdi haqiqatdanam xojatinimi chiqargani to‘xtagan bo‘lishi mumkun albatta agar Surxon aftobusini to‘xtatib yordam so‘raganda edi Surxon etibor bermasdan o‘tib ketsa bu Surxonning hurmatsizligi bo‘lardi,Mehmonhonaga kelsak Surxondaryo glavnilari aybi, nima bo‘lgandayam Surxonga kiyingi o‘yinlarda omad, olg‘a SURQASH
&
Surxon turon
29/08/2019 17:18
Усироққа арпа нон бахона
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
29/08/2019 15:16
баҳонани қара