Hammasiga Flik aybdormi?
”Semnadtsatyy nomer” telegram kanali yozyapti:
“Barselona” “Elche”ga qarshi o‘yinda to‘pni nazorat qilishga urinmadi, tashabbusni raqibga topshirdi, ammo o‘rta blokda zich joylashib olgan holda, bosim qilib, baribir ustunlik qildi. “Bryugge”ga qarshi esa 76% to‘p nazorati bo‘ldi — lekin hech qanday ustunlik yo‘q.
O‘yinchilar orasidagi masofalar juda katta, zonalar shamol o‘tadigan darajada bo‘sh. Har qanday to‘p yo‘qotilishi — “Bryugge”ning qarshi hujumiga aylanadi. Buni asosiy futbolchilarning jarohatlari, umumiy charchoq yoki kam zaxira resurslari bilan izohlash mumkin. Biroq “Barselona” bir xil xatolarni takrorlayapti. Muammolarning tabiati shunchalik ravshan-ki, ularni tuzatmaslik – jinoyatga teng.
Flikning “tornado-futboli” eng kuchli o‘yinchilar safda bo‘lganda va ular tetik bo‘lganda o‘ta xavfli. Ammo tarkib zaifroq bo‘lsa yoki jismoniy tayyorgarlik past bo‘lsa, bu “tornado” aynan jamoaning o‘zini yanchadi.

Hozir Flikning murabbiylik faoliyatidagi burilish nuqtasi. U yo o‘zini bor resurslarga moslashtiradi, futbolini qayta shakllantiradi yoki bir-ikki mavsumlik “shamol murabbiy” bo‘lib qoladi.
Moslasha bilish, inqirozlarni ichki o‘zgarishlar orqali engish — murabbiyning haqiqiy kuchini ko‘rsatuvchi eng asosiy belgidir. Har qanday sharoitda bitta tizimga yopishib olish esa — chegaralanganlik alomati.
Iltimos, Xansi, sen axir juda aqlli va ajoyib insonsan — buni uddalaysan!
Haddan ziyod qo‘shiladigan joyim “Barselona”dagi eng kuchli ijrochilar safda bo‘lgandagina Flikning “tornado futboli” o‘zining asl holatida namoyon bo‘lishidir.

Qo‘shilmaydiganroq joyim Flikni bir uslubga yopishib olayotganlikda ayblash. Balki hozirgi uslubiga 1-2 ta yangi elementlar qo‘shib, riskni biroz kamaytirishi kerakdir. Biroq mavjud uslubdan mavsum davom etayotgan bir paytda voz kechish, fikrimcha xato bo‘ladi. Biz ko‘rdik, “Barselona” “Real”ga qarshi u qadar yuqoriga ko‘tarilmay, orqaroqda kutib olib harakat qilganini. Ko‘pchilik bu uchun “Barsa”ni tanqid qildi ham. Xavi davridagi kabi beozorgina, noilojgina edi o‘sha “Barselona”.
Fikrlar