Hamyurtimiz Avstraliyada ringga ko‘tariladi!
17 dekabr kuni Avstraliyaning Sidney shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, ushbu kechada yurtdoshimiz Shuhratbek Ablullaev (5-0, 4 KO) ham ishtirok etib, mezbonlar vakili Paulo Aukoso(8-0, 4 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs 79,3 kg da 6 raund etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, Ablullaev bugunga qadar professional boksdagi barcha janglarini O‘zbekistonda o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar