Harri Keyn “Barsa” bo‘yicha bor gapni aytdi

  • 27.11.2025 22:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” va Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn “Barselona”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Tecno

Gap shundaki, kataloniyaliklar joriy mavsum oxirida 37 yoshli forvard Robert Levandovski bilan xayrlashib, uning o‘rniga angliyalik yulduzni olishga qaror qilgani haqida ko‘p ma’lumotlar tarqatilmoqda.

- Men hech kim bilan aloqa qilmadim, hech kim menga bog‘langani yo‘q.  Hozir meni  “Bavariya”da hamma narsa qoniqtirmoqda. Shoshilishga hojat yo‘q. Men Myunxenda juda baxtliman. Buni mening o‘yinimdan ham ko‘rish mumkin.

Agar transfer bo‘yicha menga aloqaga chiqishsa, bu masalani keyin o‘ylab ko‘ramiz. Ammo men hozircha yangi mavsum haqida o‘ylamayapman. Oldinda jahon chempionati bor. Bu mavsumdan keyin biror narsa o‘zgarishi dargumon, - dedi Keyn taniqli jurnalist Tobi Altshaffl bilan suhbatda.

Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!