Harri Keyn kelasi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishini aytdi

  • 18 aprel, 2024, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning 30 yoshli to‘purari Harri Keyn kelajagi haqidagi savollarga oydinlik kiritdi.

O‘tgan yoz “Tottenxem”dan Myunxen superklubiga ko‘chib o‘tgan tajribali hujumchi Bundesligaga juda tez moslashdi va gol urish bo‘yicha qator rekordlarni yangilamoqda.

Evropaning bir necha klublari Harri Keynga xaridor bo‘lmoqda. Angliyalik futbolchi kelajagi haqida gapirdi.

- Germaniyada o‘ynashda rohat olyapman. “Bavariya”ga o‘tish faoliyatimdagi muhim qadam bo‘ldi. Bu yangi chaqiruv, o‘zgacha muhit. Bu qarorga kelganimdan mamnunman.

Kelajagim “Bavariya” bilan bog‘liq. To‘rt yillik shartnomam bor. Jamoaga mavsumni yuqori darajada o‘tkazishga yordam bermoqchiman. Agar bu galgi mavsum kutilganidek yakunlanmasa, unda keyingisida vaziyatni o‘zgartiramiz, - dedi Harri Keyn.

Harri Keyn Myunxenga kelganidan beri barcha turnirlarda 38 marotaba maydonga tushib, 39 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!