Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Harri Keynga jiddiy xaridor chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta transfer bo‘ladi

Angliya terma jamoasining asosiy hujumchisi Harri Keyn “Tottenxem”dagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgandi.

Tajribali forvard Germaniyada ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, ko‘p gol urish bo‘yicha rekordlarni yangilab kelmoqda.

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari jamoani yana top-klublar darajasiga olib chiqish uchun tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyorlanmoqda. Klub nishonida turgan asosiy hujumchi Harri Keyn hisoblanadi.

Manchesterliklar mohir to‘purarni yana Angliya chempionatiga qaytarishga bel bog‘lagan. Bu haqda Give Me Sport nashri ma’lumot tarqatdi.

30 yoshli forvard Transfermarkt portali tomonidan 110 million evroga baholanmoqda. Bundan tashqari, manchesterliklar transfer uchun, eng avvalo, Harri Keynning o‘zini Manchesterga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi talab etiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q