Harri Keynni Saudiya Arabistoniга chaqirishmoqda
«Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Saudiya Arabistonidan juda manfaatli taklif olishi mumkin. Britaniyalik futbolchiga mahalliy grantlardan biri — «Al-Hilol» jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda. Bu haqida insayder Sasha Tavolieri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, saudiyalik klub allaqachon Keynning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Suhbat chog‘ida ehtimoliy shartnoma shartlari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan.
Ayni paytda Harri Keyn kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan. U turli variantlarni ko‘rib chiqish va takliflarni tinglashga tayyor ekani qayd etilmoqda.

Fikrlar