
Harri Keynning transferi 342 million evroga tushadi!
Daily Star portali “Tottenxem”dan ketish istagini bildirayotgan Harri Keyn yangi jamoaga qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.
Tajribali to‘purarga hozirning o‘zida “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Bavariya” kabi grand klublar xaridor bo‘lmoqda. Ular shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida tugaydigan futbolchini kelayotgan yozda sotib olmoqchi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, “Tottenxem” prezidenti hujumchining bitimi tugashiga bir yil qolganiga qaramay, xaridorlardan 100 million funt atrofida badal puli talab qiladi.
Bundan tashqari, yangi klub 29 yoshli to‘purarga kamida besh yillik shartnoma va har hafta uchun 375 ming funt maosh taklif qilishi kerak.
Umumiy hisobda, Harri Keyn o‘zini transfer qiladigan klub uchun jami 342 million evroga tushishi aytilmoqda.
Fikrlar