Hasanboy Do‘smatov kim bilan jang qilish istagida ekanligini ma’lum qildi

  • 11 yanvar, 2022, 18:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni hamda "Vela Barker" kubogi sohibi hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov hozirda professional boksda faoliyat yuritmoqda. 

Bugunga qadar u professional ringda 4 ta jang o‘tkazdi va barchasida muddatidan avval g‘alaba qozondi. Shuningdek, u Rossiyaning "Mir boksa" promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi. Yaqindagina yangilangan WBA reytingining birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg) toifasida Do‘smatov 5-o‘rinda qayd etildi. Umumiy olib qaraganda hamyurtimiz tez orada chempionlik jangida ringga ko‘tarilish imkoniyatiga ega. 

Shu nuqtai nazardan biz Hasanboy Do‘smatovning rejalari bilan qiziqdik. 

- Hasanboy Toshkentdagi muvaffaqiyatli jangingizdan so‘ng, qaysidir ma’noda chempionlik jangiga yaqinlashdim, degan fikrdamisiz?

- Albatta, harakat qilyapmiz. Endi, barchasi promouterlarimizga bog‘liq. Qanday raqibni berishsa, jang qilaveramiz. 

- Demak, chempionlik jangiga tayyorsiz?

- Albatta. 

- Navbatdagi jang borasida o‘zi biror yangilik bormi?

- Hozircha yo‘q. 

- Havaskor boksda duch kelgan qaysi raqibingiz bilan profida duch kelishni juda-juda xohlardingiz?

- Saken Bibosinov bilan jang qilishni istardim. 

- Bu avvalgi savolimizning davomi desak ham bo‘ladi. Ya’ni, siz 47.6 hamda 48.9 kgda ham jang o‘tkazasiz. Aytingchi, ushbu vazn toifalaridagi qaysi chempion bilan tezroq ringga ko‘tarilish istagidasiz?

- Birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg) toifasida WBA chempioni Xiroto Kyoguchi (15-0-10 KO) bilan tezroq jang qilishni xohlardim. U bilan jang qilishga o‘zimni tayyor deb bilaman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!