Hasanboy Do‘smatov WBA chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin!

  • 8 fevral, 2024, 11:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yurtimizning eng sovrindor bokschilaridan biri Hasanboy Do‘smatov professional boksda ham mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Qiziq jihati, Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi yurtdoshimizga professional yo‘nalishda ham chempionlik jangi berildi. WBA tashkiloti tomonidan minimal vazn (47, 63 kg) toifasidagi amaldagi chempioni tailandlik Tammanun Niyomtronga qarshi jangga buyruq berdi. Muzokaralar uchun 30 kun vaqt belgilandi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Tammanunning rekordi 24-0,4 KO bo‘lsa, Do‘smatov 6 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan va ularning 5 tasini muddatidan avval yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!