Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Hasanboy Do‘smatovdan navbatdagi g‘alaba

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Hasanboy Do‘smatov ikkinchi jangini o‘tkazdi

Toshkentdagi "Humo arena"da erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 

Hasanboy Do‘smatov - 51 kg vazn toifasida marokashlik Said Murtaji bilan ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 18:45dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.

Hasanboy birinchi raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.

Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0.

Uchinchi raundda yana Hasanboyning qo‘li baland keldi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0. Hasanboy Do‘smatovdan navbatdagi g‘alaba.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q