Honobod shahrida katta professional boks kechasi tashkil qilinadi

  • 04.01.2020 13:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

1 fevral kuni O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan Andijon viloyati Xonobod shahrida juda katta professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida Kuba, Filippin,  Gruziya, Tailand, Rossiya, Ukraina va yana bir nechta mamlakatdan tashrif buyurgan charmqo‘lqop ustalari ham ringga ko‘tarilishadi.

Qolaversa, bir qator yurtdoshlarimiz ham o‘zlarining reyting janglarini o‘tkazishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!