Hozir eng zo‘r shu futbolchi! Neymar “Real” yulduziga tan berdi
Yevropadagi faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini himoya qilgan braziliyalik yulduz Neymar hozirgi paytda eng zo‘r yarim himoyachi “Real”da o‘ynayotganini e’tirof etdi.
- Mening fikrimcha, Arda Gyuler dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi, - dedi Neymar.
Turkiyalik iqtidor egasi 2023 yilning iyulidan beri “Real” safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda Gyuler madriddliklar tarkibida barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berdi.
Yarim himoyachining “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Mashhur Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar