"Humo-2" irodasizlik qildi
Bugun Qozog‘iston ochiq chempionati doirasida Toshkentning "Humo-2" klubi o‘z maydonida "Almati" jamoasini qabul qildi. "Humo-Arena"da kechgan uchrashuv davomida mezbonlar ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsalarda, yakunda tajriba o‘z so‘zini aytib, olmotaliklar 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 16 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
"Humo-2" (Toshkent) - "Almati" (Olmata) 2:3 (0:0, 2:1, 0:2)
1:0 - Mexonoshin - 25:55 kamchilikdagi gol
1:1 - Vorobyov (Burdelyov) - 30:29
2:1 - Letov (Popitich, Bostanjiev) - 31:25
2:2 - Jakibaev (Vorobyov) - 42:58
2:3 - Lakiza (Vorobyov, Kovzalov) - 51:21 ko‘pchilikdagi gol
Darvozabonlar: Zakirov - Malgin
Fikrlar