"Humo-2" peshqadamni mag‘lub etib, 11 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga barham berdi

  • 24 oktabr, 2019, 22:36
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo-2" jamoasi o‘z maydonida Kokshetauning "Arlan" jamoasiga qarshi muzga chiqdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi va g‘olibni aniqlash uchun overtaymga murojaat etdi.

Tecno

Overtaymda esa mezbonlar raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘zlarining 11 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga barham berishdi. "Humo-2" so‘nggi bor 19 sentyabrda "Kulager" ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan edi.

Bugungi muvaffaqiyat natijasida toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 11 klub orasida 8-o‘rinni egallab turibdi. Raqib jamoa hisobida esa 47 ochko mavjud va ular jadvalda peshqadamlik qilishmoqda.

"Humo-2" (Toshkent) - "Arlan" (Kokshetau) 2:1 OT (1:1, 0:0, 0:0, 1:0)

1:0 - Bostanjiev (Golev) - 05:17
1:1 - Shitikov (Grebenщikov, Berdnikov) - 19:59
2:1 - Zubkovskiy (Mexonoshin) - 62:37

Darvozabonlar: Zokirov - Milchakov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!