
"Humo" "Ijstal"ni qay tarzda mag‘lub etdi? (Video)
Toshkentning "Humo" jamoasi Ijevskda mahalliy "Ijstal" klubi mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
15-daqiqada Vsevolod Sorokin hamda Pavel Zdunovlarning uzatmalaridan so‘ng Evgeniy Grigorenko hisobni ochishga erishdi. 37-daqiqaga kelib esa mezbonlar Evgeniy Orlov tomonidan kiritilgan shayba evaziga muvozanatni tiklashga erishdilar.
48-daqiqada "Humo" tarkibda son jihatdan ustunlikka erishdi. Pavel Zdunov va Evgeniy Grigorenkolarning uzatmalaridan so‘ng Semyon Valuyskiy toshkentliklarga g‘alaba keltirgan shaybani raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 40 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 7-o‘rinini saqlab qoldi. Ma’lumot uchun, "qanotlilar" o‘zlarining navbatdagi bahslarini 26 dekabr kuni Almetevskda mahalliy "Neftyanik" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar