Husanov, semirib ketma!

  • 22.12.2025 16:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xosep Gvardiola o‘tgan yili yuz bergan inqirozni jamoada avlodlar almashinuvini amalga oshirish orqali bartaraf eta oldi. Ayni paytda uning qo‘l ostidagi o‘yinchilarning aksariyati, yosh, baquvvat, chaqqon va ayni kuchga to‘lgan charm to‘p ustalaridir.

2025 yil yakuni, ya’ni Evropadagi futbol mavsumining yarmiga kelib, “Manchester Siti” o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalar Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi, Angliya ligasi kubogi va Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrin uchun kurashadigan darajaga etdi.

Hozir “Manchester Siti” hujumkor o‘yin namoyish qilyapti. Premer-liganing o‘tgan turida “shaharliklar” o‘z  maydonida “Vest Xem”ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Manchesterliklar musobaqa peshqadami “Arsenal” bilan bilan o‘rtadagi farqni ikkitagacha qisqartirishga erishdi.

Shunga qaramay, Xosep Gvardiola jamoasi o‘yinidan to‘liq qoniqish hosil qilayotgani yo‘q va shogirdlaridan muntazam o‘yinini yaxshilab borishni talayu qilyapti. Shu bois, u o‘yinchilarga uch kunlik dam olishga yana bir kun qo‘shib berish taklifini rad etdi. Qolaversa, ispaniyalik mutaxassis futbolchilarni uch kunlik hordiqdan keyingi jismoniy holatini shaxsan nazorat qilishini bildirdi.

- O‘yinchilar mendan qo‘shimcha dam olish kuni so‘rashgandi. Men esa: “Yo‘q, chunki siz etarlicha yaxshi o‘ynamadingiz”, dedim.

Shuning uchun yakshanba kuni bizda tiklanish mashg‘uloti bo‘ldi, maydonga tushmagan o‘yinchilar uchun esa to‘liq mashg‘ulot o‘tkaziladi. Uch kunlik damdan keyin ularda “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik uchun ikki kun vaqt bo‘ladi.

Har bir o‘yinchi vazn o‘lchashdan o‘tadi. Ular 25 dekabr kuni qaytib kelishadi va men torozi qancha kilogramm ko‘rsatishini nazorat qilaman. Maqasadim – ular semirib kelmaganmi, shuni bilish.

Men uch kunlik hordiqdan keyin ular qay holatda qaytishini ko‘rmoqchiman. Ular dasturxonlaridagi turli ovqatlardan tanavvul qilishlari mumkin, lekin men ularni nazorat qilishim kerak.

27 dekabr kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yin uchun tarkibni tanlashim kerak. Tasavvur qiling, hozir ideal holatda bo‘lgan bir o‘yinchi uch kunda uch kilogramm ortiqcha vazn bilan qaytsa, u aniq Manchesterda qoladi. Bunaqa futbolchi Nottingemga bormaydi, - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiolada Abduqodir Husanovni sekin-asta yana maydonga tushira boshladi. “Vest Xem”ga qarshi bahsda 21 yoshli o‘zbek futbolchisi 67-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va final hushtagigacha o‘ynadi.

Umumiy hisobda Abduqodir Husanov mavsum boshidan beri Angliya Premer-ligasi, Anliya ligasi kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etdi.

Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest” va “Manchester Siti” uchrashuvi 27 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshladi. Bu bahs jamoalar uchun 2025 yildagi oxirgi uchrashuv bo‘ladi.

Fabio Kannavaro “JCh-2026” oldidan barcha muammolarni ochib berdi

Kannavaro: Kutib charchadim!

Joyini Nuneshdan qaytib olgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Gvardiola Husanovni tanqid qilgan murabbiyni “razbor”ga chaqirdi

Nihoyat, Husanovni maydonda ko‘ramiz!

O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!