
Husanov markaziy to‘qnashuvda "Arsenal"ga qarshi qanday statistika qayd etdi?
Angliya Premer-Ligasining 5-turi doirasidagi "Arsenal" - "Manchester Siti" bahsi yakuniga etdi.
Legionerimiz Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Biroq, birinchi bo‘lim davomida unga nisbatan amalga oshirilgan bir nechta qoidabuzarliklar sababli Husanov engil jarohat oldi va 2 taym startida zaxiraga olindi
Himoyachining bellashuvdagi ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin:
- O‘yindagi daqiqalar - 45
- Gol - 0
- Golli uzatma - 0
- To‘pni xavfli zonalardan uzoqqa tepish - 3
- Zarbani to‘sib qolish - 0
- Raqib uzatmasini to‘sib qolish - 0
- Pozitsiya uchun kurash (yutilgan) - 1/0
- Havodagi to‘p uchun kurash (yutilgan) - 0/0
- To‘pni yo‘qotib qo‘yish - 7
- Qoidabuzarlik - 1
- To‘pga teginishlar - 29
- Aniq paslar - 14/17
Fikrlar