Husanov to‘liq o‘ynagan uchrashuv tugadi
Gonkongdagi «Kay Tak» stadionida Angliya vitse-chempioni «Manchester Siti» va Italiya chempioni «Inter» oʻrtasidagi yordamchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bellashuv asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Inter» ustun kelib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyinning 15-daqiqasida angliyaliklar hujumchisi Diven Mubama hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa oʻtib, 20-daqiqada «Inter» himoyachisi Benjamin Pavar hisobni tenglashtirdi.
Abduqodir Husanov jamoasi safida toʻliq oʻynagan uch futbolchidan biri boʻldi. Biroq oʻzbek futbolchisi penaltilar seriyasida 11 metrlik belgidan darvozani ishgʻol qila olmadi.
Oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra, Angliya chempionatida «Manchester Siti» 78 ochko toʻplab, musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi. Jamoa 85 ochko jamgʻargan «Arsenal»ni quvib ega olmadi. Italiya chempionatida esa «Inter» 87 ochko bilan turnir jadvalida birinchi pogʻonadan joy oldi.

Fikrlar