Husanovdan voz kechish katta xato bo‘ladi!

  • 29.09.2026 06:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yosh himoyachiga navbatdagi da'vogar paydo bo‘ldi

«Manchester Siti» tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Abdukodir Xusanov jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida jurnalist Sebastyen Vidal xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirgan. London jamoasi qishki transfer oynasi ochilishi bilanoq rasmiy taklif yo‘llashga tayyorlanayotgani aytilmoqda.

Abdukodir Xusanov joriy mavsumda «Manchester Siti» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. U hozircha gol yoki golli pas bilan ajralib turmagan. Himoyachining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!