Husanovning bahosi natijaga to‘g‘ri kelmadi! Abduqodir nechchi ball oldi?
Legionerimiz to‘liq o‘ynadi
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» tarkibida Angliya Premier-ligasining to‘qqizinchi turida «Brayton»ga qarshi uy uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.
«Etihod» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv yagona gol hisobiga hal bo‘ldi. 11-daqiqada Yassin Ayari aniq zarba berib, mehmonlarga g‘alaba keltirdi — 0:1.
Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
«Manchester Siti» mag‘lubiyatiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Brayton»ga qarshi uchrashuvda jamoasining eng yaxshi futbolchilari qatoriga kirdi.
Statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Flashscore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,6 ballga baholadi. Huddi shunday bahoni Elliot Anderson ham oldi.
«Shaharliklar» tarkibida eng yaxshi ko‘rsatkich Jeremi Dokuga tegishli bo‘lib, u 8,1 ballga loyiq deb topildi. Eng past bahoni Ayub Buaddi qayd etdi — 5,8 ball. Jamoaning yetakchi hujumchisi Erling Holand esa 6,9 ball oldi.
Klubning navbatdagi o‘yini Liga Chempionlari doirasida safarda «RB Leyptsig»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 5 noyabr kuni soat 01:00 da start oladi.

Izohlar (0)