Husanovning do‘sti rekord narxga ketdi
«Lids» klubi rasmаn darvozabon Jeyms Trafford bilan shartnoma imzoladi. «Manchester Siti» tarkibidan kelgan ingliz posboni yangi jamoasi bilan 5 yillik bitim tuzdi.
Sky Sports mа’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati bonuslarsiz taxminan 46,4 million yevroni tashkil etgan. Bu summa «Lids» tarixidagi eng qimmat sotib olish sifatida qayd etildi. Shu bilan birga, ushbu kelishuv angliyalik darvozabon uchun to‘langan eng katta to‘lov sifatida ham rekord o‘rnatdi.
Klubning avvalgi rekordi 2023 yil yanvar oyida qayd etilgan edi. O‘shanda «Lids» «Hoffenhaym»dan fransuz hujumchisi Jorjino Ryutterni taxminan 41,2 million yevro evaziga olib kelgandi.
O‘tgan mavsumda Jeyms Trafford «Manchester Siti» safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 8 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Traffordning qo‘shilishi ortidan «Lids»ning joriy transfer oynasidan buyongi umumiy xarajatlari 81 million yevrodan oshib ketdi.

Fikrlar