
Ibragimovich A seriyaga qaytadimi?
"Qishki transferlar oynasi ochilishiga 1,5 oy vaqt qoldi. Jamoamiz murabbiyi va Ibragimovich o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatilgan. Ular tez-tez gaplashib turishadi. U Italiya chempionatiga qaytish imkoni paydo bo‘lganidan xursand. Ammo Zlatan barcha imkoniyatlarni hisoblab chiqishi kerak", - deydi Bigon,
Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik forvard so‘nggi ikki yilni MLS da o‘tkazganidan so‘ng "Los-Anjeles Gelaksi" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangandi. Ma’lumot uchun, Ibragimovich Los Anjeles klubi tarkibida 56 o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar