Ibragimovich gol urgan o‘yinda Karlos Vela dubl qayd etdi va jamoasini finalga olib chiqdi (video)

  • 25 oktabr, 2019, 13:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Los-Anjeles Gelaksi” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich “Los-Anjeles”ga (3:5) qarshi bo‘lib o‘tgan MLSning g‘arbiy konferentsiya pley-off uchrashuvida o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda “Los-Anjeles” forvardi Karlos Vela dubl qayd etdi va 1ta assistni amalga oshirdi.

Ta’kidlash kerakki, MLSning joriy mavsumida meksikalik Vela 34 ta gol bilan to‘purar bo‘lgan bo‘lsa, shvetsiyalik Zlatan 30 ta gol bilan ikkinchi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, yarim finalda g‘olib chiqqan “Los-Anjeles” endi g‘arbiy konferentsiya finalida “Siettl Saunders”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!